
Tezroq maqsadlarga erishish uchun bir kunda 100 ta ish qilish mumkunmi?
Bir vaqtda bir nechta ish qilsa bo’ladimi?
Hayot tarzimiz qanchalik tezlashayotganini sezyapsizmi.
Har kuni shunchalik ko’p ish qilish kerakki, kundalik rejalarimiz amalga oshmasa, biz ko’pincha xafa bo’lamiz.
Ko’ngildagiday o’tmagan kunda xafa bo’lishimiz yaxshigina stress ga tushishga xam olib kelishi mumkun.
Bir vaqtning o’zida bir qancha ishni muvaffaqiyatli bajarolmasligimiz va bundan siqilish ko’plab zamondoshlarimizning muommosi.
Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra bira vaqtdaning o’zida ikki xil ish bilan shugullanib ikkalasida xam muvaffaqiyatga erishish bu shunchaki afsona ekan.
Savol tug’ilishi mumkun:
misol uchun xaydovchilar bir vaqtda moshina xaydab telda xam gaplashadiku? birinchidan bu xafli.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, haydash paytida uyali telefonda gaplashish baxtsiz hodisalarning eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir.
ikkinchidan esa moshinia xaydash bu aftamatik holat. Moshinani boshqarishni o’rgangandan keyin biz buni deyarli o’ylanmasdan aftamat holatda haydaymiz.
Shuning uchun biz boshqa biron ishni xam erkinroq bajarishimiz mumkun.
Agar diqqatimizni etiborimizni qaratishimiz kerak bo’lgan ishlarni bir vaqtda qilmoqchi bo’lsak vaziyat yanada og’irlashadi. Bu yerda samaradorligimiz ham keskin pasayadi.
Vasifalarimizni muvaffaqqiyatli yakunlashimizning eng yaxshi yo’li bu avval bitta ishga hamma diqqatimizni etiborimizni jamlab shu ishni tugatib undan keyin boshqa vazilafarga o’tish.
Agar u vazifadan bu vazifaga sakrab o’tib yuraversangiz bittasinixam to’liq tugata olmaysiz vaqtingiz va inergiyangizni bekorga sariflaysiz.
Tadqiqotlardan birida qiziqarli bir haqiqat aniqlandi: bir oz chalg’iganidan keyin odam biron bir jiddiy ishga qaytishi uchun o’rtacha 15 daqiqa vaqt talab etiladi ekan.
Tasavur qiling: siz qandaydir hisobat ishi bilan shug’ullanayapsiz sizga kimdir qo’ng’iroq qilib qoldi 2-3 minit telefonda gaplashdingiz. endi siz yana diqqatingizni etiboringiz to’liq ishga qaytarish uchun 15 daqiqa vaqt sarflaysiz. orada yana kimnir nimadir sizni chalg’itsa va bu hollar ko’p marta takrorlansa vasifalaringizni samarali yakunlay olasizmi? Albatta yo’q
rostdan xam muhum bo’lgan ish bilan shug’ullaning,
Samarali ish uchun etibor tortadigan xamma narsani o’chiring.
telifon, ijtimoiy tarmoqlar, internet.
hamkasiblaringiz yoki oila azolaringizga sizni qanchadir vaqtgacha bezota qilmasligini ayting .
Yana bir gap kuningizni rejalashtirayotganda kun davomida qila oladiganingizdan ko’proq narsani rejalashtirmang. tezligingizni biroz pasaytiring.
Kunlik rajada 20 foyiz zapasga vaqt qoldiring. kutilmagan ishlar rejada bo’lmagan vaziyatlar bo’lib qolishi mumkun shularga qarab bir necha soat bo’sh vaqt qoldirib kunlik reja tuzing
Chunki siz ruxlangan paytingizda o’zingizni ko’p ish qilishga qodirdek xis qilasiz va ertangi kun uchun keragidan ortiq rejalar tuzib tashlashingiz mumkun. Va tabiiyki ertasi kuni xamma ishlaringizni qilolmaysiz kayfiyatingiz tushadi tushkunlikka tushasiz bu esa keyingi kunlaringiz hatta haftalaringizni samarasiz o’tishiga sabap bo’lishi mumkun.
Muhumi to’xtab qolmaslik va maqsad sari sekinroq bo’lsa ham lekim muntazam xar kuni xarakat qilish. Boshlanishiga o’zingizdan fahrlanish uchun bajargan ishlaringizdan, o’tgan kuningizdan ko’nglingiz to’lishi uchun eng muxum va kun davomida bajara oladigan ishingizni rejaga kiriting.
Agar kunlik rejalaringizni ertaroq bajarib qo’ysangiz qolgan bo’sh vaqtlaringiz xam sizning ixtiyoringizda. 2-3 – darajali kunlik rejaga kirmagan ishlarni xam bemalol bajarishingiz mumkun.
SAYTDAGI MAQOLALARDAN FOYDALANMOQCHI BO`LSANGIZ ALBATTA INFODAVRON.UZ SAYTINI KO`RSATIB O`TING. Agar saytda imlo xatolarini ko`rsangiz xatoni belgilab Ctrl+Enter. tugmasini bosib yuboring.